Sabo Hamkor

Andijon Shahar, Bobur Shox Ko’chasi 73-uy, 172012

+998 55 201 28 98 // +998 99 284 01 01

info@sbh.uz   /   support@sbh.uz

O'ZBEKISTONDA TEMIR-BETON OQOVA SUV TOZALASH INSHOOTLARI

  • Temir – beton oqova suv tozalash inshootlari: maishiy va sanoat chiqindi suvlarni kimyoviy va biologik tozalashga mo’ljallangan.
    Ushbu inshoot suvni talab qilingan tozalash darajasi va mijoz hohishiga ko’ra SBR yoki MBR texnologiyalari asosida qurilishi mumkin.

  • Temir-beton oqova suv tozalash inshootlarining loyihalari korxonamizning mutaxassis muhandis xodimlari tomonidan birinchi navbatda sifatli, tejamkor va chidamli bo’lishi inobatga olingan holda tayyorlanadi.

  • Mijozlarimizning barcha muammolari chuqur o’rganib chiqiladi va maxsus yechimlar taklif etiladi.
    Obyektingizdagi chiqindi suvlardan namuna olinib tahlil qilingandan so’ng, eng tejamkor va samarali chiqindi suv tozalash inshooti loyihasi tayyorlanadi.Qurilish bosqichi tugagandan so’ng foydalanishga tayyor holda topshiriladi.

  • Korxonamiz nafaqat oqova suv tozalash inshootlarini noldan boshlab qurish ishini amalga oshiradi, balki sotuvdan keyin ham obyektlarni ta’mirlash va boshqarish bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammo va ehtiyojlarni qondiradi.

  • Temir- beton oqova suv tozalash inshootlarinıng suv tozalash hajmi juda yuqori bo’lib, mijoz xohishiga ko’ra MBR yoki SBR texnologiyasi asosida qurilishi mumkin, bundan tashqari suv havzalari beton bo’lganligi sababli uzoq yillar davomida xizmat ko’rsatadi.