NETHOUSE

O’ZBEKISTONDA NETHOUSE KOMPLEKSLARINI LOYIHALASH, ISHLAB CHIQARISH VA BARPO ETISH

1 YIL

KREDIT MUDDATI

1 YIL

IMTIYOZLI MUDDAT

1 %

GAROV MIQDORI

1 %

YILLIK FOYIZ

NETHOUSE KOMPLEKSI

  • Xashoratlardan himoya qiluvchi va tabiiy shamollatishni ta’minlovchi maxsus to’r bilan qoplangan kompleksdir.
  • Sodda qilib aytganda, Nethouse – issiqxonalarda qo’llaniladigan texnologiyalar yordamida issiq mavsumda sabzavot va meva yetishtirish imkonini beruvchi eng qulay yechimdir.

NETHOUSE TUZILMASI

  • Metall profillar, po’lat troslar bilan mahkamlanadi va 40-50 meshlik maxsus sintetik to’r bilan qoplanadi. Yon devorlari shamol yukini kamaytirish va havo aylanishini yaxshilash uchun 20-45 daraja qiya qilinadi.
  • Ko’p metall talab qilmasligi xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi, ammo yuqori sifatli metalldan foydalanish kerakligini yodda tutish kerak. Mustahkamligi va ishonchliligini ta’minlaydigan po’lat troslargaham alohida e’tibor berilishi kerak.
1-Transparan2 Transparan

NIMA UCHUN NETHOUSE ?

  • Oddiy plyonkali issiqxonalarda sabzavotlarning o’sishini kuzatish shuni ko’rsatdiki, havo harorati ko’tarilganda, o’simliklar uchun juda noqulay bo’ladi: ular haddan tashqari qizib ketadi, kasal bo’ladi va ko’pincha nobud bo’lishadi. Bundan tashqari, bunday sharoitda samarali shamollatishni tashkil qilish ham juda qiyin bo’ladi. Bu muammolarning barchasini, plyonkani maxsus to’r bilan almashtirish orqali hal qilsa bo’ladi.

  • To’rning o’ziga xosligi shundaki, u quyosh nurlarini o’tkazadi, lekin issiqlikni ushlab qoladi, bundan tashqari erta bahorda va kech kuzda sovuq havo ekinlarga zarar yetkazishini oldini oladi.

NETHOUSE TUZILMASIDAGI ASOSIY FARQLAR

  • Polikarbonat yoki plyonka o’rniga mahsus to’r bilan qoplanadi
  • An’anaviy issiqxonalarda isitish tizimi borligi sababli issiqxonani loyihalash ancha murakkab va qimmat bo’ladi.
  • Juda ko’p metall talab qiladi.
  • Isitish uskunalari ham anchagina mablag’ talab qiladi.
  • Bundan tashqari an’anaviy issiqxonani ishlatish xarajatlari yuqori bo’lib, daromadning 70 foizidan ham ko’proq qismini olishi mumkin.

NETHOUSE KOMPLEKSLARIDA DEYARLI BARCHA TURDAGI MAHSULOTLARNI YETISHTIRISH MUMKIN

NETHOUSE AFZALLIKLARI

  • EKSPORTBOP MAHSULOT YETISHTIRISH

    Pestitsid va shu kabi zararli dorilar ishlatilmaganligi sababli, ekostandartga to'liq javob beruvchi mahsulot yetishtiriladi.

  • DORILASH XARAJATLARI YO'Q

    Mahsus to'r, ko'chatlarni zararli hashoratlardan va ular olib keladigan kasalliklardan tabiiy va samarali himoya qiladi, yani dorilashga ihtiyojingiz bo'lmaydi.

  • TABIIY SHAMOLLATISH

    NetHouse komplekslari to'r bilan qoplanganligi sababli shamollatish %90 tabiiy yol bilan amalga oshiriladi. Bu esa ko'chatlarning yanada yaxshi changlanishiga to'g'ridan yordam beradi.

  • TABIIY HIMOYA

    Mahsus to'r, o'simliklarni quyoshning zararli nurlaridan, kuchli yomg'ir va do'ldan samarali himoya qiladi.

  • x10 BARAVAR KO'P HOSIL

    Nethouse komplekslarida ko'chatlar uchun deyarli mukammal sharoit yaratiladi, bu esa o'z navbatida oddiy yerlarga nisbatan x10 baravargacha ko'p hosil olish imkonini beradi.

  • Kompleksning arzonligi

    Metall harajatlari kamligi, isitish tizimi yo'qligi va loyihalash osonligi sababli NetHouse komplekslarining narxi anchagina arzon bo'ladi.

NEGA BIZNI TANLASHINGIZ KERAK ?

  • Milliy mahsulot:

    Chet el korxonalari bilan ishlash odatda ancha muammolarni keltirib chiqaradi, biz bilan esa bunday muammolar bo'lmaydi, istalgan vaqt biz bilan bog'lanishingiz va muammolarga birlikta yechim topishimiz mumkin bo'ladi.

  • 9 yillik tajriba:

    Issiqxona va qishloq xo'jaligi texnologiyalari sohasida ko'p yillik tajribalarimizdan kelib chiqib loyixalarni, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni etiborga olgan holda ishlab chiqamiz.

  • 100% Tayyor holatda topshirish

    Jamoamiz Loyihalash ishlaridan tortib montaj ishlarigacha barcha bosqichlarni amalga oshiradi va tayyor holatda mijozga topshiradi. Bundan tashqari mijoz talabilga ko'ra yig'ib olingan mahsulotni tashqi bozorda sotib beramiz.

  • Agronom hizmati:

    Italiya va Ispaniyadan taklif etilgan mutaxassis agronomlarning hizmatidan foydalanishingiz mumkin bo'ladi.

  • Sifatli Ko'chat va o'g'it:

    Mahsulotni Ekostandart va eksport talablariga mos yetishtirish uchun, sifatli ko'chat va o'g'it yetkazib beramiz.

  • Arzon va sifatli mahsulot:

    Mahsulot va hizmat sifatini tushurmagan holda eng arzon takliflarni tayyorlaymiz.

  • Sotishdan keyingi texnik servis:

    Barcha katta va kichik mahsulotlarimizning ishlash muddatini maksimal darajaga olib chiqish uchun sotuvdan keyin ham texnik servis ko'rsatamiz.

  • Biznes reja tayyorlash:

    Tajribalarimizga asoslangan holda, mijozlarimiz uchun eng qulay va daromadli biznes rejalarni ishlab chiqamiz.

  • Muzlatgich hizmati

    Mijoz talabiga ko'ra yig'ib olingan hosilni eksport oldidan muzlatgichda saqlab beramiz.

  • Eksport oldi xizmati:

    Tayyor mahsulotni eksport qilishga tayyorlash (muzlatgich, qadoqlash va ishlov berish) xizmatini taklif qilamiz.

  • Eksport deklaratsiyasi xizmati:

    Mahsulotni mustaqil ravishda eksport qilishingizda qo'shimcha ravishda deklaratsiya xizmatlarini taqdim etamiz.

  • Zamonaviy «Meeting House»

    Istalgan vaqtda foydalanishingiz uchun jixozlangan, muzokara va majlislar uchun maxsus xonalar taqdim etamiz.

  • Eksport qilish xizmati:

    Shartnoma asosida maxsulotingizni tashqi bozorlarda sotilishini ta'minlab beramiz.