Sabo Hamkor

Andijon Shahar, Bobur Shox Ko’chasi 73-uy, 172012

+998 55 201 28 98 // +998 99 284 01 01

info@sbh.uz   /   support@sbh.uz

O'zbekistonda "MBR KONTEYNER" Oqova suv tozalash inshooti

  • MBR oqova suv tozalash inshootlari har qanday joydagi chiqindi suvlarni biologik tozalash samaradorligiga minimal moliyaviy xarajatlar bilan erishish imkonini beradi. 
    Bundan tashqari, MBR konteyner ishlashi katta energiya sarfini talab qilmaydi.  
    Ular minimal texnologik uskunalar to’plami bilan jihozlangan (nasoslar, kompressorlar va boshqalar), bu esa qurilmalarning ishlamay qolish ehtimolini kamaytiradi.   

  • MBR konteyner oqova suv tozalash inshootlari operatsion xodimlar tomonidan doimiy nazoratni talab qilmaydi. Uzluksiz ishlashini esa avtomatlashtirilgan tizim ta’minlaydi. MBR texnologiyasining muhim afzalliklaridan biri – an’anaviy tozalash inshootlariga qaraganda 20 – 50% kamroq loy (chiqindi) chiqaradi. Bu esa o’z navbatida loyni (chiqindini) tashish va yo’q qilish xarajatini kamaytiradi.

ESKI TEXNOLOGIYA VA MBR TEXNOLOGIYASINING CHIQINDI SUV TOZALASH JARAYONI:

  • MBR konteynerlari kichik o’lchamlari tufayli  ixcham dizayndagi tayyor inshootlarni taqdim etadi.
  • Ishlash barqarorligi – MBR texnologiyasi har xil sharoitlarga moslashib barqaror ishlaydi.
  • Atrof muhitga yoki shahar kanalizatsiyasiga tushirish uchun kimyoviy va bakteriologik ko’rsatkichlar jihatidan maxsus sifat talablariga javob beradi. Shifoxonalar, dispanserlar va boshqa tibbiyot muassasalarining yuqumli kasalliklar bo’limlari, o’rtacha uy xo’jaligiga nisbatan ifloslanish darajasi oshgan oqova suvlarni tozalash uchun MBR texnologik vositalaridan foydalanish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir.

600 m3

SARDOBA

25 m3

SARDOBA

50 m3

SARDOBA

(MBR) Membrana bioreaktori nima? Qanday ishlaydi?

  • MBR – membrana ultrafiltri va aerob biologik tozalash reaktorining birlashtirilishidan maydonga kelgan chiqindi suvi tozalash texnologiyasidir.
  • Bu texnologiyada chiqindi suv 0,2 mikron kattalikdagi to’qima filtrdan o’tkaziladi.
  • Chiqindi suvda 0,2 mikrondan katta bo’lgan barcha moddalar ushlab qolinib, toza suv nasos yordamida tortib olinadi.
  • Filtr yuzasidagi davomiy oqim soyasida filtrlangan qattiq moddalar bioreaktorning teshiklariga tiqilib qolishining oldi olinadi.
  • Membrana filtri to’qimasida to’planib qolgan chiqindilar biologik tozalash jarayoniga qaytariladi. 

Membrana texonologiyasining afzalliklari

Qo'llanish sohalari

SABO HAMKOR MAHSULOTLARINING AFZALLIKLARI

  • Ushbu sohadagi ko’p yillik tajriba sanoat korxonalarida va uy xo’jaliklarida foydalanish uchun samarali va sifatli inshootlar ishlab chiqarishga imkon beradi. Korpus va tizimning boshqa elementlari, ish sharoitlari va talab qilinadigan ishlash ko’rsatkichlariga nisbatan ko’p darajali komplekslarni yoki oddiy inshootlarni tashkil etadigan malakali muhandislarning loyihalari bo’yicha belgilangan standartlarga muvofiq ishlab chiqariladi.

  • O’zbekistondagi boshqa mahalliy tozalash inshootlaridan suv tozalash hajmi va amalga oshirilish murakkabligi bilan ajralib turadi. Professional mutaxassislar yuqori sifatli ish olib boradi, o’rnatish joyidan va tuproqning xususiyatlaridan, o’rnatish sharoitlaridan qat’iy nazar tizimning uzoq umr ko’rishini ta’minlaydi.

  • Inshootlar eng so’nggi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilganligi tufayli uzoq yillar davomida chiqindi suvni yuqori darajada tozalaydi. Boshqa mahalliy suv tozalash inshooti ishlab chiqaruvchilar shovqinsiz va yoqimsiz hidlarsiz barqaror ishlashni ta’minlay olmaydilar, bizning kompaniyamiz bunga kafolat beradi.

  • Mijozning xohish-istaklarini inobatga olgan holda individual texnik xususiyatli loyiha ishlab chiqishimiz mumkin.

  • O’rnatish ishlari buyurtmachining me’yorlari va afzalliklariga muvofiq amalga oshiriladi, yer osti yoki yer ustiga joylashtirish mumkin.