(LUOS) Oqova suv tozalash inshootlarini har qanday joyga o’rnatish mumkin: kanalizatsiyon tarmog’i mavjud bo’lmagan aholi yashash punktlari, xususiy uylar, ko’p qavatli turarjoylar, korxonalar va boshqalar.
LUOS bir nechta bo’limlarga bo’lingan konteynerdir. Har bir bo’linmaning o’ziga xos texnik xususiyati bor.
LUOS KONTEYNERini yer ustiga yoki yer ostiga o’rnatish mumkin, eslatib o’tamizki, bu tipdagi inshootlarning to’rtburchak shaklda bo’lishi ma’qul emas, chunki to’rtburchak LUOS yerga ko’milganida devorlarga tuproq bosimi ko’proq bo’ladi. Silindr shakli esa ancha yaxshi, chunki tuproq bosimi uning atrofiga teng taqsimlanadi. Yer osti LUOS’larini silindrsimon qilib qurish yagona kafolatli tanlovdir. Ta’kidlash joizki, uskunaning umumiy o’lchamlari qanchalik katta bo’lsa, u shunchalik samarali ishlaydi.
Ba’zi beparvo ishlab chiqaruvchilar, tuzilmalar hajmini kam hisoblab, yetarlicha filtr qo’yganligini aytishadi. Ishonchimiz komilki, har qanday filtrlar, agar ularga yuqori darajada kirlangan suv kirsa, juda tez tiqilib qoladi. Har hafta filtrlarni almashtirib ortiqcha harajat qilishni hech kim xohlamaydi.
Yomg’irdan keyingi to’plangan loyli va iflos suv tinib, cho’kma tubiga tushganda, suv shaffof bo’lib qolishini har birimiz ko’rganmiz va bilamiz.Biz ham SBR filtrlarning tiqilib qolmasligi uchun, chiqindi suvni filtrga yuborishdan oldin bu suvni tindirib olamiz (yomg’ir suvi misolidagi kabi)
O’rnatish shartlariga va drenajlarni olib kelish talablariga ko’ra suv tozalash inshootlarini qo’shimcha uskunalar bilan jihozlash mumkin.