Sabo Hamkor

Andijon Shahar, Bobur Shox Ko’chasi 73-uy, 172012

+998 55 201 28 98 // +998 99 284 01 01

info@sbh.uz   /   support@sbh.uz

O'ZBEKISTONDA GIDROPONIKA TIZIMLARI

GIDROPONIKA TIZIMI

Ohirgi yillarda yer yuzidagi mavjud aholi uchun oziq-ovqat yetishtirish tobora qiyinlashib bormoqda. Aholi sonining ortishi va global harorat ko’tarilishi tezligini hisobga oladigan bo’lsak, yaqin kelajakda qishloq xo’jaligi (dehqonchilik) uchun talab yanada ortishi va bunga bog’liq o’laroq hosildor ekin yerlarida tanqislik kelib chiqishini tahmin qilish qiyin emas.

Gidroponika tizimi yordamida hosildor ekin maydoni tanqisligi muammosini hal qilish mumkin. Gidroponika tizimi  – tuproqsiz o’simlik yetishtirish imkonini beradi. Unda o’simlik mahsus kanaldagi eritmadan barcha ozuqalarni kerakli miqdorda va aniq nisbatda oladi.

GIDROPONIKA TUSHUNCHASI

Gidroponika tizimi (Suvda o’simlik yetishtirish) tushunchasi 1930-yillarda «Berkeley» Universitetida Dr. Guericke tomonidan qaytadan kashf qilindi, lekin arxeologik tadqiqotlar, Gidroponika tizimi tarihini aslida qadimgi zamonlarga, miloddan avvalgi
605-yillargacha borishini ko’rsatdi.

Hozirgi kunda dunyoning turli mamlakatlari Gidroponika tizimga qiziqish bildirmoqda. Jumladan Yevropada ko’plab sabzavotlar va mevalar allaqachon gidroponika tizimi yordamida yetishtirilishni boshladi.

Asosiy fikr juda oddiy. O’simlik ildizlari doimiy oqib turuvchi eritmaga qo’yilganida, ozuqa moddalar va kislorodni juda tez oladi. Kislorod yetishmasligi o’simliklarning o’sishini sekinlashtiradi, agar aksincha eritma kislorod bilan to’yingan bo’lsa, bu o’simliklarning tez o’sishiga yordam beradi. Yetishtiruvchining vazifasi hosil va sifatni maksimal darajada oshirish uchun suv, ozuqa moddalari va kislorodni o‘simliklar ehtiyojlariga moslashtiradi.

GIRDOPONIKA TIZIMIDA QANDAY MAHSULOTLAR YETISHTIRISH MUMKIN?

Nazariy jihatdan olib qaraganda Gidroponika tizimlarida barcha turdagi o’simliklar, sabzavotlar va hattoki mevalarniham yetishtirish mumkin. Asil to’g’ri savol shunday;

Gidroponika tizimida qaysi mahsulotlarni yetishtirish ko’proq daromad keltiradi?

Tijoriy jihatdan eng daromadli sabzavotlar; pomidor, bolgar qalampiri, baqlajon, karam, bodring va turp hisoblanadi.
Gullardan, Lola, kamelyala, za’faron, va boshqalar.
Eng daromadli hosil beradigan MEVA esa qulupnay hisoblanadi.

Nima ekishga qaror qabul qilishdan oldin, barcha xarajatlarni (elektr energiyasi, suv, o’g’it, gidroponika tizimning o’zi, urug’lar, ozuqaviy eritma, substrat va boshqalar) hisobga olish kerak. Bunday hisob-kitobsiz, gidroponika tizimidan qancha daromad olishingizni hisoblay olmaysiz.

Jamoamiz bu sohada ko’p yillik tajribaga ega bo’lib siz uchun eng to’g’ri biznes g’oyalarni tayyorlaydi, sifatli ko’chatlar yetkazib berishdan tortib yig’ib olish qadoqlash va eksport qilishgacha bo’lgan barcha jarayonda yaqindan ko’mak beradi. O’zbekistonda Gidroponika tizimlari bo’yicha siz uchun eng to’g’ri Hamkor «SABO HAMKOR»

GIDROPONIKA TIZIMI AFZALLIKLARI

  • %90 SUV TEJASH

    Gidroponika tizimida, suv mahsus kanaldan oqib o'tadi, o'simliklar o'zlariga kerakli ozuqalarni oladi va ortgan suv drenaj orqali hovuzga qaytariladi, Avtomatlashgan tizim hovuzga qaytgan suvga zaruriy ozuqalarni beradi va yana qaytadan o'simliklarni sug'orish uchun Gidroponika tizimiga yuboradi.

  • TUPROQ KERAK EMAS

    Gidroponika tizimida, o'simliklar o'zlari uchun zarur ozuqalarni to'g'ridan to'g'ri eritmadan olganligi uchun, tuproqning sog'ligi va hosildorligi umuman muhim emas. Toshloq yerlardan tortib betonda, hattoki turar joy binolarida ham mo'l hosil olish mumkin.

  • O'SIMLIKLAR UCHUN MUKAMMAL SHAROIT

    Tuproqda o'stirilganda, o'simliklar ko'pincha quriydi yoki botqoqlanish oqibatida kislorod yetishmasligidan aziyat chekadi. Gidroponik tizimida esa bunday muammolar umuman bo'lmaydi.

  • 10x BAROBAR KOP HOSIL

    Bu usul o'simlikni kerakli barcha foydali moddalar bilan ta'minlashga yordam beradi. O'simlik tuproqqa qaraganda kuchli, sog'lom va tezroq o'sganligi sababli oddiy yerga nisbatan 10 martagacha ko'proq hosil olish mumkin

  • BEGONA O'TLAR YO'Q

    Dehqonlarimizning eng katta muammolaridan biri, begona o'tlarni tozalash. Bu muammoni oldini olish uchun tuproqdan voz kechish va Gidroponika tizimiga o'tish zarur.

  • ZARARKURANDALAR YO'Q

    Gidroponika tizimi yordamida tuproqda o'stirish davomida uchraydigan zararkunandalar, zamburug'lar va kasalliklar kabi muammolaringiz bo'lmaydi.

  • PESTITSID IHTIYOJI YO'Q

    Gidroponika tizimi yordamida tuproqda o'stirish davomida uchraydigan zararkunandalar, zamburug'lar va kasalliklar kabi muammolaringiz bo'lmaydi.

  • KO'CHATLARNI KO'CHIRIB O'TKAZISH QULAYLIGI

    Ko'chatlarni tuproqqa ko'chirib o'tkazishda qanchalik ehtiyotkor bo'lmaylik, ko'chatga zarar yetkazishimiz mumkin, Gidroponika texnologiyasidan foydalangan holda esa ko'p yillik o'simliklarniham ko'chirib o'tkazish tartibi sezilarli darajada osonlashadi.

  • EKIN MAYDONIDAN TEJASH

    Bir necha qavat Gidroponiika tizimini bir-birining ustiga joylashtirish orqali oddiy yerga nisbatan 20 martagacha ko'proq hosil olish mumkin

  • INSON UCHUN ZARARLI MODDALARDAN HIMOYA

    Ortiqcha nitratlar, radionuklidlar, og'ir metallar va boshqalar. Bu ayniqsa meva - sabzavotlar uchun juda muhim, Girdorponika tizimida o'simliklar eritmadan faqatgina foydali ozuqalarni oladi.

  • O'SIMLIKLARNI SUG'ORISH QULAYLIGI

    Gidroponika tizimida suv oqimini boshqarish juda oson. O'simlik turi va Gidroponika tizimining latok hajmiga qarab, har 3 kunda yoki 1 oyda 1 marta eritmaga kerakli miqdorda ozuqalar qo'shib turish kifoya qiladi.

NEGA BIZNI TANLASHINGIZ KERAK ?

  • Milliy mahsulot:

    Chet el korxonalari bilan ishlash odatda ancha muammolarni keltirib chiqaradi, biz bilan esa bunday muammolar bo'lmaydi, istalgan vaqt biz bilan bog'lanishingiz va muammolarga birlikta yechim topishimiz mumkin bo'ladi.

  • 9 yillik tajriba:

    Issiqxona va qishloq xo'jaligi texnologiyalari sohasida ko'p yillik tajribalarimizdan kelib chiqib loyixalarni, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni etiborga olgan holda ishlab chiqamiz.

  • 100% Tayyor holatda topshirish

    Jamoamiz Loyihalash ishlaridan tortib montaj ishlarigacha barcha bosqichlarni amalga oshiradi va tayyor holatda mijozga topshiradi. Bundan tashqari mijoz talabilga ko'ra yig'ib olingan mahsulotni tashqi bozorda sotib beramiz.

  • Sifatli Ko'chat va o'g'it:

    Mahsulotni Ekostandart va eksport talablariga mos yetishtirish uchun, sifatli ko'chat va o'g'it yetkazib beramiz.

  • Arzon va sifatli mahsulot:

    Mahsulot va hizmat sifatini tushurmagan holda eng arzon takliflarni tayyorlaymiz.

  • Sotishdan keyingi texnik servis:

    Barcha katta va kichik mahsulotlarimizning ishlash muddatini maksimal darajaga olib chiqish uchun sotuvdan keyin ham texnik servis ko'rsatamiz.

  • Biznes reja tayyorlash:

    Tajribalarimizga asoslangan holda, mijozlarimiz uchun eng qulay va daromadli biznes rejalarni ishlab chiqamiz.

  • Muzlatgich hizmati

    Mijoz talabiga ko'ra yig'ib olingan hosilni eksport oldidan muzlatgichda saqlab beramiz.

  • Eksport oldi xizmati:

    Tayyor mahsulotni eksport qilishga tayyorlash (muzlatgich, qadoqlash va ishlov berish) xizmatini taklif qilamiz.

  • Eksport deklaratsiyasi xizmati:

    Mahsulotni mustaqil ravishda eksport qilishingizda qo'shimcha ravishda deklaratsiya xizmatlarini taqdim etamiz.

  • Eksport qilish xizmati:

    Shartnoma asosida maxsulotingizni tashqi bozorlarda sotilishini ta'minlab beramiz.