SABO HAMKOR
2013-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan «SABO HAMKOR» korxonamiz, hozirgi kunda 10.000m² ishlab chiqarish bazasida, fermer va tadbirkorlar uchun asosan «NETHOUSE» komplekslari, zamonaviy «GIDROPONIKA» tizimlari va boshqa qishloq xo’jaligi sohalarida o’zining innovatsion yechimlarini taqdim etib kelmoqda.
Jamoamiz, loyihalash ishlaridan boshlab tayyor holatda foydalanishga topshirishgacha bo’lgan barcha jarayonlarda o’zining ko’p yillik tajribasiga tayangan holda mijozlar uchun eng to’g’ri yechimlarni taklif qiladi.
Maqsadimiz:
Sohamiz bo’yicha chet elning eng zamonaviy texnologiyalarini yurtimizda «SABO HAMKOR» brendi ostida mustaqil ravishda ishlab chiqarib, xalqimiz ravnaqi uchun o’z hissamizni qo’shish, mijozlarimizga eng tejamkor va samarali yechimlarni taqdim etish, kuchli jamoa va tuzilmamiz bilan amalga oshirilgan loyihalarimiz sonini ko’paytirish.
Chet el korxonalari bilan ishlash odatda ancha muammolarni keltirib chiqaradi, biz bilan esa bunday muammolar bo’lmaydi, istalgan vaqt biz bilan bog’lanishingiz va muammolarga birlikta yechim topishimiz mumkin bo’ladi.
Bundan tashqari jamoamiz, mahsulot va hizmat sifatini tushurmagan holda mijozlar uchun eng arzon takliflarni tayyorlaydi.