develop free website

Gaz gorelka

Gaz gorelkasi – gazni havo (kislorod) bilan almashtirib, yonuvchi aralashma hosil qiladigan moslama. Qizdirish asboblari, pechlar, gaz plitalari, qozon o’txonalari va b.ga o’rnatib ishlatiladi. G.g. asosiy (doimo ishlab turishga mo’ljallangan) va yordamchi xillarga keng va ingichka alanga hosil qiladigan, aralashmaniuyurmali yondiradigan hamda alangasi uzun va to’g’ri oqib yonadigan xillarga bo’linadi. Gaz gorelkasi gaz va ahvo kanallariga bo’lingan korpusdan iborat. Havo va gaz quvurlari gaz gorelkasi ga kalta naycha orqali ulanadi. Berilayotgan gazbosimiga qarab gaz gorelkasi past bosim (5kPa gacha), o’rta bosim (5-300kPa) va yuqori bosim (300kPa dan yuqori)gorelkalariga bo’linadi. Gaz asbobi xiliga qarab, gorelkalar soni har hil bo’ladi. Mac, to’rt kamfarali gaz plitalarida 4 ta Gaz gorelka ishlatiladi. Gaz gorelka uzun va dumaloq qilib ishlab chiqariladi. Umuman gaz gorelka diffusion, injeksion, gaz turbinali, aralash (gazmazutli, chang-gaz) xillarga bo’linadi. Diffuzion Gaz gorelkada yoqish kamerasiga gaz va havo keladi. Gaz va havoning aralashuvi yonish kamerasida yuz beradi. U sanoat pechlari va qozonlarida ishlatiladi. Injeksion Gaz gorelka da havo gaz oqimi energiyasi hisobiga so’riladi (injeksiyalanadi), havo bilan gazning aralashuvi gorelka korpusi ichida yuz beradi. Bunday gorelkalar issiqxonalarni isitishda, neftni qayta ishlash zavodlari pechlarida, boshqa sanoat pechlarida ishlatiladi. Gaz turbinali Gaz gorelka da havo gaz trubinasi harakatga keltiradigan ventilyator yordamida beriladi. Uning ish unumdorligi kelayotgan gaz bosimi kattaligi bilan tartibga soib turiladi. Bunday gorelka katta gaz qozonlarida ishlatiladi. Yorug’lik beruvchi alanga hosil qilish zarur bo’lgan yoki gazning o’zi bilan zarur t-ra hosil qilib bo’lmaydigan hollarda aralash gaz gorelkadan foydalaniladi. Metallarni payvandlash va qirqishda ishlatiladigan Gaz gorelka haqida Kislorod bilan kesish holatiga qaratiladi. 

Manzil:

O'zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shox ko'chasi, 73 uy, 172012

Aloqa:

e-mail: sabo.hamkor@mail.ru
Instagram: @sabohamkor
Telegram: @sabohamkoruz

Tezkor aloqa:

Tel/Fax: +998 74 235 26 03
Mob:       +998 97 273 27 26
                +998 97 273 25 20
                +998 97 273 28 23
                +998 97 273 26 27